«madaniyatgrant.uz» platformasi rasman ishga tushdi
Madaniyat va sanʼat sohasida loyihalarni moliyalashtirish yagona elektron platformasi foydalanuvchilar uchun ochildi. Ariza topshirish OneID orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «madaniyatgrant.uz» platformasi rasman foydalanuvchilar uchun ochildi. Platforma madaniyat va sanʼat sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish jarayonini — tanlov eʼlonidan to loyiha ijrosini monitoring qilishgacha — toʻliq elektron va shaffof shaklda avtomatlashtiradi.
Platforma ikki moduldan iborat: qaytarilmas grantlarni ochiq tanlov asosida ajratuvchi grant moduli hamda istiqbolli biznes-loyihalarni moliyalashtiruvchi «Ijodga investitsiya» jamgʻarmasi moduli.
Ariza topshirish OneID orqali amalga oshiriladi, shartnomalar esa E-IMZO bilan elektron imzolanadi. Barcha jarayon «yagona oyna» tamoyili asosida — onlayn, qogʻozsiz va kuzatuvchan tarzda kechadi.