Ijodga investitsiya
Istiqbolli ijodiy va biznes-loyihalarni moliyalashtiruvchi davlat maqsadli jamgʻarmasi
Haqida
«Ijodga investitsiya» davlat maqsadli jamgʻarmasi madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarida isteʼdodlarni aniqlash va rivojlantirish, ularning prodyuserlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlovchi biznes-loyihalarni moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Loyihalar ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida ikki bosqichli tanlovda saralanadi.
Tanlovda ishtirok eting
OneID orqali roʻyxatdan oʻting, loyihangizni topshiring va holatini onlayn kuzatib boring.
Moliyalashtirish shakllari
Investitsiya
Reinvestitsiya bilan — qaytariladigan daromad ulushi va muddatlari shartnomada belgilanadi
Qaytarilmas grant
Ijtimoiy va madaniy ahamiyatga molik istiqbolli loyihalar uchun
Hamkorlikda moliyalashtirish
Xususiy va xorijiy investorlar bilan birgalikda amalga oshiriladi
Toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab-quvvatlash
Shartnoma majburiyatlarini toʻliq bajargan muvaffaqiyatli tashabbuskorlarga tanlovsiz
Taʼlim muassasalariga grant
Respublika darajasidagi teatr, cholgʻu, xor va raqs tanlovida gʻolib boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga oʻz ijodini targʻib qilish, sahna dekoratsiyalari va liboslari hamda musiqa asboblari xarid qilish uchun 500 mln soʻmdan grant ajratiladi.
Qamrab olingan sohalar
Tanlov qanday oʻtadi
Shaffof, bosqichma-bosqich va toʻliq elektron jarayon
- 1-bosqich · 10 ish kuni
AI tahlil va texnik saralash
Sunʼiy intellekt loyihani tahlil qiladi, ishchi organ hujjatlar toʻliqligini hamda Nizom va eʼlon mezonlariga muvofiqligini tekshiradi. Kamchilik aniqlansa, tuzatishga 5 ish kuni beriladi.
- 2-bosqich · 3 ish kunida eʼlon
Ekspert bahosi va Kengash qarori
Mahalliy va xorijiy mustaqil ekspertlar baholaydi, Kengash ovoz berib gʻoliblarni aniqlaydi.
Baholash mezonlari
- Loyihaning ijtimoiy-madaniy ahamiyati
- Raqobatbardoshlik, eksport salohiyati va milliy brendni targʻib qilish
- Tijorat loyihalarida monetizatsiya darajasi va oʻzini qoplash muddati
- Tashabbuskorning tajribasi va malakasi
Jamgʻarma Kengashi
Kengash — davlat organlari rahbarlari, soha mutaxassislari va mustaqil ekspertlardan iborat kollegial organ. Yigʻilish kamida har chorakda oʻtkaziladi; kvorum — aʼzolarning 2/3 qismi. Qaror koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlsa rais ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.