Diqqat! Sayt ishlab chiqish jarayonida — maʼlumotlar sinov uchun keltirilgan va rasmiy hisoblanmaydi
2-yoʻnalish

Grantlar

100 ball
Baholash shkalasi — grant uchun kamida 65 ball

Madaniyat va sanʼat sohasida toʻrt yoʻnalish boʻyicha qaytarilmas grantlar

Haqida

Grant tanlovi Madaniyat vazirligi tomonidan har yili toʻrt yoʻnalish boʻyicha ochiq tanlov asosida oʻtkaziladi. Har bir loyihani kamida uch nafar mustaqil ekspert baholaydi; zarur hollarda ishtirokchi loyihasini bevosita, onlayn yoki gibrid shaklda taqdim etadi. Tanlov komissiyasi ekspert baholash natijalari asosida gʻoliblarni tasdiqlaydi va grant miqdorini belgilaydi.

4 ta
Yoʻnalishlar
5 bosqich
Tanlov
Tanlov eʼlonida
Grant miqdori

Tanlovda ishtirok eting

OneID orqali roʻyxatdan oʻting, loyihangizni topshiring va holatini onlayn kuzatib boring.

Grant yoʻnalishlari

Grantlar toʻrt yoʻnalish boʻyicha ochiq tanlov asosida ajratiladi

A

Teatr, sanʼat va taʼlim

Teatr, sirk, musiqa, raqs, nomoddiy madaniy meros, kino va animatsiya hamda madaniyat taʼlimi.

B

Adabiyot va ijtimoiy yoʻnalish

Adabiy asarlar yaratish, inklyuzivlik va ijtimoiy yoʻnalishdagi loyihalar.

V

Startap va ijodiy loyihalar

Ijodiy tadbirkorlik, startaplar va yangi ijodiy tashabbuslar.

G

Innovatsiya va raqamlashtirish

Innovatsiya, sunʼiy intellekt va madaniyat sohasini raqamlashtirish.

Moliyalashtirish tartibi

Grant mablagʻlari shartnoma tuzilgandan soʻng grant miqdoriga qarab bir yoki bir necha transhda oʻtkaziladi. Keyingi transh faqat oraliq hisobot qabul qilingani va KPI koʻrsatkichlari bajarilgani tasdiqlangach ajratiladi — bajarilmasa transh toʻxtatiladi va mablagʻ tegishli manbaga qaytariladi.

Transhlar tartibi

  • 100 mln soʻmgacha100%

    Shartnoma tuzilgan kundan 15 ish kuni ichida bir yoʻla

  • 100 – 500 mln soʻm60% + 40%

    2-transh — oraliq hisobot qabul qilinib, KPIning kamida 50% bajarilgach

  • 500 mln soʻmdan yuqori40% + 30% + 30%

    Transhlar KPIning kamida 40% va 70% bajarilgani tasdiqlangach

Maʼmuriy xarajatlar grant umumiy summasining 10 foizidan oshmasligi kerak (tanlov eʼlonida boshqacha miqdor belgilanmagan boʻlsa).

Moliya manbalari

  • Davlat byudjeti
  • «Ijodga investitsiya» jamgʻarmasi
  • Vazirlikning byudjetdan tashqari jamgʻarmasi
  • Homiylik mablagʻlari

Tanlov qanday oʻtadi

Shaffof, bosqichma-bosqich va toʻliq elektron jarayon

  1. Kamida 30 kalendar kun oldin

    Eʼlon

    Yoʻnalish, grant miqdori, ishtirok shartlari va baholash mezonlari bilan tanlov eʼlon qilinadi.

  2. Eʼlonda belgilangan muddatda

    Ariza qabuli

    Ariza beruvchilar OneID orqali kirib, loyiha va hujjatlarni yuklaydi. Muddat tugagach arizalar qabul qilinmaydi.

  3. Qabul tugagach — 15 ish kuni

    Texnik saralash

    Ishchi organ hujjatlar toʻliqligi va muvofiqligini tekshiradi, «tanlov ishtirokchisi» maqomini beradi. Kamchilik aniqlansa, tuzatishga kamida 3 ish kuni beriladi.

  4. Komissiya belgilagan muddatda

    Ekspert baholash va taqdimot

    Kamida 3 nafar mustaqil ekspert mezonlar boʻyicha ball qoʻyadi. Zarur hollarda ishtirokchi loyihasini taqdim etadi: 15 daqiqa — tushuntirish 5, namoyish 5, savol-javob 5.

  5. 2 ish kunida eʼlon · 10 ish kunida shartnoma

    Gʻoliblar va moliyalashtirish

    Tanlov komissiyasi gʻoliblarni tasdiqlaydi va grant miqdorini belgilaydi, natijalar platformada eʼlon qilinadi, shartnoma E-IMZO bilan imzolanadi.

Baholash mezonlari

Har bir mezon boʻyicha qoʻyilgan ball ekspert tomonidan yozma asoslantiriladi

20Tanlov yoʻnalishiga mosligi, madaniy va ijtimoiy ahamiyati
20Ijodiy, badiiy, ilmiy yoki innovatsion sifat va yangilik
15Amalga oshirish imkoniyati, jamoa salohiyati va kalendar reja asoslanganligi
15Byudjet smetasining asoslanganligi, tejamkorlik va moliyaviy samaradorlik
15Natija koʻrsatkichlari, auditoriya qamrovi, barqarorlik va tarqatish imkoniyati
10Inklyuzivlik, hududiy qamrov, ijtimoiy taʼsir va teng imkoniyatlar
5Raqamlashtirish, sunʼiy intellekt, maʼlumotlar va huquqiy xavflarni boshqarish
Jami100 ball

Yakuniy ball — ekspert ballarining oʻrtacha arifmetik qiymati. Ekspertlar ballari orasidagi farq 25 balldan oshsa, loyiha qoʻshimcha ekspertga yuboriladi. Yakuniy bali 65 balldan kam loyihalar grant ajratish uchun tavsiya etilmaydi.

Koʻp beriladigan savollar