Diqqat! Sayt ishlab chiqish jarayonida — maʼlumotlar sinov uchun keltirilgan va rasmiy hisoblanmaydi
Yangiliklar
Natijalar 28.06.2026

Grant tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi

Teatr, musiqa va raqs yoʻnalishi boʻyicha birinchi tanlov yakunlandi. 254 ta loyiha grant mablagʻlari bilan taqdirlandi.

Grant modulining birinchi tanlovi yakuniga yetdi. Teatr, sirk, musiqa, raqs va nomoddiy madaniy meros yoʻnalishlari boʻyicha 874 ta ariza qabul qilindi.

Besh bosqichli baholashdan soʻng tanlov komissiyasi 254 ta loyihani gʻolib deb topdi. Umumiy ajratilgan mablagʻ 36,2 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Gʻoliblar roʻyxati platformaning «Gʻoliblar» boʻlimida jamoatchilik uchun ochiq eʼlon qilindi.